Quyuq taomlar

Duxofkada Lasos balig´i

Kerakli masalliqlar:

1,8 gram lasos balig´i

1 dona limon

1 kg kartoshka

2 piyola qatiq

2 dona bodring

5- doan cherry pomidor

2 dona sarimsoq, brocoli va yashil loviya,

salat barglari, olivkiy yogí, tuz va zira

Avval ishni kartoshkani yahshilab yuvib olishdan boshlaymiz. Kartoshkani po´stlog´i bilan qovun tilik qilib kesamiz. Tuz va hohlagan ziravorlardan solamiz. Man tuz, qizil paprika, murch va yog´soldim.Lista terib 20 daqiqa pishirib olamiz. Kartoshka pishib ulgurmasli kerak ozroq qizarib yumshab pishishga tayyor bo´lishi kerak.

220 darajada 20 daqiqa atrofida pishiramiz. Endi qatiqdan salat qilamiz. Qatiqga bodringni qirg´ichdan o´tkazamiz va tuz , zirani maydalanganidan qo´shib yahshilab aralashtiramiz.

Salatimiz tayyor! Alohida idishga solib olib qo´yamiz.

Salat barglari, sarimsoq , bodring va cherry pomidorni hohlagnimizdan maydalab olamiz. Hammasini alohida idishga solib ta´b ga ko´ra tuz , va limon sokidan qo´shamiz. Ikkinchi saltimiz ham tayyor. Endi navbat baliqni pishirishga.

Kartoshkani duhofkadan olib o´rtasiga baliqni butunicha solamiz va hohlanimzdek qismga bo´lib olamiz ohirigacha bo´lish shart emas.  Olivkiy yog´, tuz , va murch sepamiz. Ustiga limon sokidan tahminan yarimta limonni siqib chiqamiz. Usiga limon bo´laklaridan qo´yib olamiz. Broccoli va loviyani ham tuz va ozroq yog´sepib listni bir chekkasiga qoyamiz.

Baliqni va qolgan masalliqlarimizni tahminan 25 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Taomimiz tayyor!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.