Quyuq taomlar

Arabcha usulda tovuq va gurunch

Kerakli masalliqlar:

3 kishilik portsiya uchun:

2 dona katta tovuq oyog´i

2 dl vermeshel

4 dl qaynagan suv

2 dl uzun gurunch

2 choy qoshiq tuz

2 osh qoshiq yog

3 osh qoshiq soya

2 dona sarimsoq, 1 piyola suv sous uchun.

Tovuqni maydalab bo´laklarga ajratib olamiz.Qozonga ozgina yog´solamiz.

Tovuqni solib ozroq qovurgandan keyin soya solamiz va yahshilab qovuramiz.

Sarimsoqni maydalab solamiz va tovuqni ustida 1 piyola atrofida suv quyamiz. 30 daqiqa dimlaymiz.

Qozonchaga 2 osh qoshiq yog´solamiz va bermeshelni solib qovuramiz.

Vermeshelni qizargandan keyin gurunchni solamiz.

Gueunch bilan vermeshelni yahshilab aralashtiramiz va 4 dl qaynagan suv quyamiz.

Pastroq olovda gurunch va vermeshelni yopib dimlaymiz. Tahminan 20 daqiqa atrofida pishib tayyor bo´ladi.

Bu orada tovuq ham tayyor bo´ladi. Endi har ikkala mahsulotimizni tarelkalarga solib dasturxonga tortamiz. Bu taomni tayyorlash uchun 50 daqiqa ketadi. Kam mahsulotdan judaham mazali tushlik tayyor bo´ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.