Salatlar Baqlajon salat Kerakli masalliqlar: 2 dona baqlajon 2 dona bodring(Kichkinasi bo´lsa) 2 dona balgarskiy 1 dona katta pomidor tuz 100 ml o´simlik yog´i ko´kat150 gram lahm go´sht1 doan sarimsoq piyoz. Pomidor, balgarskiy va bodringni somoncha qilib bir hil qalinlikda to´g´rab olamiz. Ko´katni maydalab alohida idishga solib qo´yamiz. Baqlajonni somoncha qilib to´g´rab olamiz. Kattaroq idishga solib tuz sepamiz va 30 daqiqaga olib qo´yamiz. Yarim soat o´tgandan so´ng baqlajonlar qorayib qoladi. Keyin qo´limiz bilan baqlajonlarni siqib suvini ajratib olamiz. Skavarodkaga yog´solib baqlajonlarni 4 ga bo´lib qovurib olamiz. Go´shtni ham somoncha qilib to´g´raymiz va tuz hohishga qarab ziravorlar sepamiz . Skavarodkada ozroq yog´da qovuramiz. Bir dona sarimsoqni maydalab solamiz va qovurishda davom etamiz. Yahshilab qizartirib pishirib olamiz. Barcha tayyorlab olgan masalliqlarimizni birga qo´shib yahshilab aralashtiriamiz. Ta´bga ko´ra tuz sepamiz. Salatimiz tayyor!