HAmirni yumshoq qilib qorib olamiz. Skavarodkaga yog´solib qiymani qovuramiz. Qiymamiz mayin bo´lishi uchun qiymani avval suv bilan yahshilab ezib yuborishimiz kerak.
Piyozni mayda yupqa qilib to´g´rab olamiz.Qiymani ustiga solib yahshilab qizarguncha qovuramiz.Tuz va ziravorlar solamiz.
Sabzini qirg´ichdan o´tkazib qiymaga qo´shib 5-6 daqiqa qovurib olamiz.
Hamirni kichnina zuvalachalar qilib olamiz va dam oldiramiz.
Hamma zuvalalarimizni yupqa qilib yoyib olamiz. Skavarodkaga ozgina yog´solamiz va hamirni solib pastroq olivda qizartiramiz.
Teskarisini yani pishga tamonini tepaga qilib ustiga qiyma solamiz.
Qiymani ustiga yana bitta hamirni qo´yamiz.
Shu tarzda har ikala tarafini pishirib ustiga qiyma solib va hamir yopib ustma ust qilib pishiraveramiz.
Kattaroq idishga solib ustini paket va sochiq bilan yopib qo´yamiz. Yumshagandan keyin huddi blinchi o´ragandek o´rab chiqamiz.