Pishiriqlar

Chokolad tort

Kerakli masalliqlar:

6 dona tuhum

1 stakan shakar

100 ml iliq sut

100 ml o´simlik yog´i

1, 5 stakan un

2 choy qoshiq to´la razrihritel

4 osh qoshiq kakao

Kremi uchun

500 gram quyuq karamell

5dl muzdek qaymioq .

Hamma quruq masalliqlarni bitta idishga solib yahshilab aralashtirib elab olamiz. Tuhum va shakarni oppoq bo´lguncha ko´pirtamiz.

Tuhum ko´pirgandan so´ng quruq maslliqlarni oz ozdan qo´shib ehtiyotkorlik bilan arlashtiramiz.

Qolipni tagini yog´lab yoki pergamet qog´oz solamiz va duhofkada 180 darajada tahminan 40-45 daqiqa pishirib olamiz.

Biskvit pishgandan so´ng 3 qismga bo´lib olamiz.

Qaymoqni idishga solib ko´pirtiramiz.

Karamelni oz ozdan solib yahshilab bir hil massa bo´lguncha arlashtiramiz.

Nonni tort qolipiga bir bo´lagini solib ustiga karamel kremdan solamiz. Shu tariqa hamma korjlari ustma ust terib chiqamiz.

Holodilnikga 2- 3 soatga olib qo´yamiz.

Ustini hohishga ko´ra bezatamiz. Man ustiga kakao va shokolad qildim.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.