Pishiriqlar

Cheesecake

Kerakli masalliqlar:

3 dona tuhum

1,5 dl shakar

vanilin

200 gram yumshoq sir

3 dl qaymoq

20-25 dona pechene

1 dona limon

100 gram saryog´

1 osh qoshiq jelatin

Engbirinchi pecheneni maydalab uvoq qilib olamiz. Ustiga 100 gram saryog´ni eritib solamiz.

Yahshilab aralashtirib qolipga bir tekisda yoyib qoshiq bilan yahshilab bosib tekislab chiqamiz.

Tumum va shakarni ko´pirtiramiz va qaymoqni ham muzdek holida ko´pirtiramiz.

Quyultirib olgan qaymoqni tuhumli massaga solamiz. Alohida idishga yumshoq sirni solib aralashtiriamiz.

Yumshoq sirni ham tuhum va qaymoqli massaga qo´shamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. Ustiga limon pustlog´ini qirib solamiz va limon suvidan ozroq siqib yuboramiz.

Alohida idishga jelatini solib 2 osh qoshiq suv bilan aralashtirib olamiz va quyulgandan keyin  jelatinni eritib olamiz va tayyorlab olgan massamizga qo´shamiz.

Sirlik massani pechene ustiga quyamiz va holodilnikda kami 4-5 soat jelatini qotib  quyuq bo´lguncha dam oldiramiz.

Cheescakemiz tayyor oldiga uzimiz hohlagan muzqaymoq va meva bilan dasturxonga tortishimiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.