Quyuq taomlar

Qaymoqda tovuq oyoqchalari.

Kerakli masalliqlar:

2 dona tovuq oyoqchalar

4 dona katta kartoshka

1 dona sabzi

1 dona piyoz

2 piyola qaymoq

1 choy qoshiq achchiq sous

1 choy qoshiq garchitsa

tuz, zir, kashnichdona  va tovuq uchun priprava.

Tovuqni po´stini olib tashlaymiz va idishga solib ustiga hamma ziravorlarni solamiz. Qaymoqni quyib aralashtiramiz. Kartoshkani rasmda ko´ringandek qilib kesib chiqamiz.Sabzi va piyozni parraklab to´g´raymiz.

Tovuqni marenofka qilgan idishga kartoshka sabzi va piyozni solib sousida aralashtiramiz. Endi tovuqni alohida idishga , sabzavotlarni alohida idishga solib duhofkada 200 darajada tahminan 50 daqiqa pishirib olamiz. Hammani gazi har hil shuning uchun pishish vaqti kamroq yoki ko´proq bo´lishi mumkin.

Ovqatimiz tayyor.  Judaham mazali hushtam bo´ladi. Tovuq bilan qaymioqdan doim mazali taom chiqadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.