oshxona.net

Turkcha Burek

Kerakli masalliqlar:

500 gram qiyma

400 gram piyoz

250 gram muzlatilgan shpenat

1 pachka burek hamiri

tuz, zira

100 ml o´simlik yog´i

kashnichdona

1 dona tuhum

kunjut va sedona

Qiymani 30 ml yog´da qovuramiz. Piyozni mayda qilib qiymaga solib qovuramiz. Tuz, va ziravorlar sepamiz.

Pishguncha qovurib olamiz.

Boshqa skavarodkada shpenat va piyozni qovuramiz. Ziravorlar sepamiz.

Pishgan farslarimizni alohidadan katta tarelkaga solib sovutib olamiz.

Burek hamirini ochib yog´ surkaymiz. Qiymadan uzun qilib solib chiqamiz va huddi rulet kabi o´rab chiqamiz.

Shisha idishga yog´surkab tayyor ruletlarni aylantirib terib chiqamiz.

Man kattaroq idish olib qo´yibman . Kichikroq idishga yanaham zich va chiroyliroq joylashtirsa yanaham yahshi bo´ladi. Ustiga tuhum, kunjut va sedona sepamiz.

Duhofkada 225 darajada beti qizargunch pishirib olamiz. Qolgan hamirlarni kvadrat qilib kesib olamiz.

Shenatli qayladan solib huddi trubochka kabi o´rab olamiz.

Ularni ham shisha idishni yog´lab  terib olamiz. Ustidan tuhum, sedona va kunjut sepamiz.

Bunisini ham birga qo´yib usti qip qizil bo´lguncha pishiramiz. Ichidagi maslliqlari pishgan shuning uchun juda uzoq saqlash shart emas.

Bureklarimiz tayyor!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.