200 gram oq shokolad, 5 dl qaymoq, 1 dona tuhum sarig´i
kakos qirindisi va raffaello .
Avval duhofkani 170 daraja qizdirishdan boshlaymiz. Keyin qolipimizga pergament qog´oz solib tayyorlab olamiz.
Tuhumni shakar va bir chimdim tuz bilan oppoq bo´lguncha ko´pirtiramiz.
Sutni qaynoq qilib quyamiz, yog ´ni solamiz.
Un , vanilin va razrihritelni solib elab olamiz va tuhumga oz ozdan qo´shib aralashtiramiz.
Tayyor hamirni qolipga solb duhofkaga 40-50 daqiqaga qo´yamiz.
Shokoladni eritib olamiz.
Tuhum sarig´ini erigan shokoladga qo´shib aralashtiramiz. Krem quyuq holga keladi.
Qaymog´ni ko´pirtiramiz va oq shokoladli massani qo´shib aralashtiramiz.
Biskvit pishgandan so´ng sovutamiz va 3 qismga bo´lamiz.
Kremni orasiga surkab chiqamiz.
Hammasini yahshilab krem surtib tahlab chiqamiz.
Kakos bilan hammayog´ni qoplab chiqamiz.
Raffaello bilan beztib olamiz. Man krem qotmasdan darrovd kesganim uchun krem qotishga ulgurmadi. Aslida krem qatttiq bo´lib tekis bo´lishi va shokoladlari qattiq holga keliishi kerak edi. Holodilnikda kami 6 soat saqlansa kremi qotib ichi ko´rinishlari judahm chiroyli bo´ladi.