Fileni o´rtacha kattlikda to´g´rab olamiz. Piyozni ham to´g´rab olamiz.
Skavarodkada 2 osh qoshiq yog´solib fileni qovurib olamiz. Ozroq qizargandan keyin piyozni solamiz va piyozni ham tillarang bo´lguncha qovuramiz.
File pishgandan keyin yashil loviyani solib aralashtirib yuboramiz va gazni o´chiramiz. Alohida idishda makaronlarni qaynatib pishirib olamiz.
Makaronlarni suvini to´kib olamiz va fileni solamiz.
Ustidan sut va qaymoqni solib aralashtiramiz. Gaz listni kichikrog´iga makaronni yoyib solamiz.
Ustiga pomidorlarni ikkiga bo´lib qo´yib chiqamiz . Shpenatlarni ha muz hohishimizga qarb makaron ustiga bezatib chiqamiz. Duhofkada 225 vdarajada makaronlar ozroq rang olguncha pishirib olamiz.