1 dona suyak yoki bir bo´lak go´sht (suyak shart emas,)
tuz va ziravorlar.
Sabzavotlarni archib yuvib olamiz va sabzi bilan piyozni maydalab olamiz.
Eng avval qozonga yog´solib qizdirib olamiz. Suyak va go´sht solib yahshilab qovuramiz. Piyozni solamiz va qizarguncha qovuramiz. Sabzi va kartoshka solamiz.
Sarimsoqni maydalab solamiz. Tuz va tomat solamiz .Qovurishda davom etamiz. 1 osh qoshiq un solib bir ikki aylantirib olamiz.
Qovurilgan masalliqlarimizga sovuq suv quyamiz.
Qiymaga piyozni qirg´ichdan chiqarib qo´shamiz.
1 ta tuhum va ziravorlar qo´shamiz va yahshilab aralashtiramiz. O´rtacha kattalikda koptokchalar tayyorlab olamiz.
Tayyor koptokchalarni unga bilab olamiz. Undan so´ng tuhumga botirib olamiz.
Qaynab chiqgan sho´rvamizga qiymalarni solamiz. Qurigan rayhon solamiz.
Suvi ancha kamayib taomimizga yanada maza kirguncha qaynatamiz.Juda qattiq qaynatish kerak emas. Tahminan 1 soat atrofida pishib tayyor bo´ladi.