oshxona.net

Tugmacha somsa

Kerakli masalliqlar:

3 dona katta piyoz

1 dona tuhum

300 gram qiyma

200 gram saryog´

sedona , kunjut

tuz , zira , kashnichdona, petrushka

keragicha suv

1 choy qoshiq razrihritel

600 gram un

Avval unga saryog´ni qirg´ichdan chiqarib solamiz. Razrihritelni solamiz va ustidan nomakop suv qilib oz ozdan solib hamir qoramiz.

Qiymaga piyzni qirg´ichdan chiqarib qo´shamiz . Petrushka  va tuz, ziravorlarni qo´shamiz. So´ng koptokchalar yasab olamiz.

Hamirni yoyib olamiz.Juda yupqaham qalinham bo´lib ketmasin. Yoyilgan hamirni lental qilib qirqib olamiz.

Endi har bir qiymali koptokchalarni hamirga o´rab olamiz.

Listga tayyor somsalarimizni terib tuhum surkaymiz. Sedona  va kunjut sepamiz. 225 darajada har ikkala tarafi qizrib pishguncha pishirib olamiz.

Somsachalarimiz tayyor! Qiymam yog´liqligi sabab man yog´solmadim. Agar sizni qiymangiz yog´siz bo´lsa albatta yog´soling. Judaham mazali somsachalar bo´ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.