Piyoz, baqlajon va bulg´or qalampirini bir hil kattalikda kubik qilib to´g´rab olamiz. Selldreyni 4-5 cm kattalikda kesib chiqamiz. Sarimsoqni maydalab olamiz. Eng avval skavarodkaga yog´ solib piyozni tillarang bo´lguncha qovuramiz.
Undan so´ng bulg´or qalampirini solamiz. Uni ham piyoz bilan birga ozroq rang olgunga qadar qovuramiz.
Selldreyni solamiz va tab´ga ko´ra tuz solamiz. 5 daqiqa qovuramiz. Selldrey ozroq yumshagandan so´ng qovurgan masalliqlarimizni alohida idishga olib qo´yamiz. Endi baqlajonni skavarodkaga yog´solib qovuramiz.
Baqlajonga sova solamiz va sarimsoqni ham solib baqlajonlarni pishgunga qadar qovurib tayyorlab olamiz.
Endi barcha masalliqlarni bitta idishga solib yahshilab aralashtiramiz. Idishga solib ustidan kunjut sepamiz. Salatimiz tayyor judaham mazali ayniqsa sojani hush ko´ruvchilar uchun yoqimli va antiq salat bo´ladi.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati