300 ml sut 100 ml suv 50 gram margarin 2 dona tuhum 2 dl shakar 0,5 choy qoshiq tuz 2 choy qoshiq vanilin 50 gram ho´l droja 700 gram atrofida un qovurish uchun 1 litr yog´
Tog´orachamizga quruq masalliqlarni solib aralashtirib olamiz. Alohida idishga suv, sut va saryog´ni solib qo´l kuymas darada ilitib olamiz va har ikkala maslliqlarni birga qo´shib un solib hamir qoriymiz.
Hamirni 30-40 daqiqaga oshish uchun olib qo´yamiz. Oshib chiqgan hamirni yoyib biror bir yumaloq kichnina qolib yordamida kesib chiqamiz.
Kesib olgan bo´g´rsoqlaimizni sochiqga yoyib yana oshirish uchun olib qo´yamiz.
Qozonga yog´solib qizdirib olamiz. Yog´imiz juda baland bo´lmasligi kerak aks holda bug´irsoqarni ichi pishmay usti kuyib ketadi. O´rta olovda tez tez aralashtirib turishimiz kerak. Shunda bir hil bo´lib ishib rangi ham bir hil qizaradi.
Bo´g´irsoqlarni chovlida suzib olamiz yog´ini yahshilab oqizib. Idishga solib ustidan qand upas sepamiz.