Quyuq taomlar Zapekanka Kerakli masalliqlar:1,5 kg kartoshka3 dona piyoz500 gram qiymatuzyogmurchziravorlar2 dona tuhum. Kartoshkani pyure qilib olamiz. Piyozni yog´da qovurib olamiz. Piyozga qiymani qo´shib qovurib pishirib olamiz. Ta´bga ko´ra tuz, murch va ziravorlar qo´shamiz.Pyureni ezib olamiz va tuhumni chaqib aralashtiramiz. Pyurega 1 osh qoshiq saryog´ solib aralashtiramiz. Duhofkaga soladigan idishga pyureni yarmini yoyib tekislab chiqamiz. Pyureni usiga qovurib olgan qiymamizni solib chiqamiz. Qolgan pyureni qiyma ustiga tekislab solib chiqamiz. Vilka yordamida shakl berib chiqamiz(shart emas hohishga ko´ra) Duhofkada 250 darajada qizarguncha pishirib olamiz. Pishgandan so´ng ustiga ko´kat sepamiz. Taomimiz tayyor!