Duhofkada kartoshka

Kerakli masalliqlar:

1,5 kg yangi kartoshkalar

200 gram qiyma

1 dona piyoz, yog´

4 osh qoshiq non talqoni

1 dona tuhum

2-3 dona sarimsoq bo´lagi

1 osh qoshiq kunjut, ozroq petrushka

tuz, 2 osh qoshiq soya, ukrop.

Kartoshkani yahshilab yuvib olamiz. Kattaroqlarini ikkiga bo´lamiz maydalari butunligicha qoladi.

Petrushkani maydalaymiz.

Kartoshkani listga solib tuz va 1-1,5 dl atrofida o´simlik yog´i solamiz . Usidan petrushka sepamiz. Qiymani alohda idishga solamiz. Piyozni qirg´ichdan o´tkazib tuhumni chaqib solamiz. Non talqonini, petrushka va tuz qo´shib yahshilab arlashtiramiz.

Alohida idishga soya va ozroq suv solib aralashtiramiz. Kunjut solamiz.

Qiymadan koptokchalar yasab olamiz va soyaga botirib chiqamiz.

Alohidadan listga qiyma va kartoshkani solib 230-240  darajada pishirib olamiz.

Qiymalar 20 daqiqa atrofida pishib tayyor bo´ladi. Kartoshklar uzoqroq vaqt olishi mumkin. Yahshilab qizargucha pishirib olamiz. Tayyot bo´lgan kartoshkaga sarimsoq va ukropni maydlab solamiz.

Yahshilab arlashtiramiz! Tovoqqa solib ustidan qiymalarni terib chiqamiz Hohishga ko´ra ukrop bilan ezatib dasturxonga tortamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.