oshxona.net

«Rulet» salati

Kerakli masalliqlar:

4 dona qaynatilgan kartoshka

2 dona qaynatilgan tuhum

 2 dona bodring

2 dona sho´r bodring

1 dona qaynatilgan  tovuq filesi

500 gram qaynatilgan qizilcha

3-4 osh qoshiq mayonez

tuz va yasatish uchun petrushka va cherry pomidorlari.

Qizilchani eng mayda qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Kartoshkani kattaroq tishli qirg´ichdan o´tkazamiz. Qolgan barcha masallilqlarni yupqa somoncha qilib to´g´rab olamiz.

Strech selofani kerakligicha kesib olamiz va eng birinchi qizilchani selofan ustiga solib yoyib tekislab olamiz. Ustiga mayonez solib bir tekisda surkab chiqamiz.

Kartoshkani ikki qismga bo´lib olib bir qismini qizilcha ustiga solib chiqamiz. Mayonez surkayzmiz. Tuz sepamiz!

Tovuq filesini solib chiqamiz. Usidan sho´r bodringni solamiz.

Tuhumni va bodringni tekislab solib chiqamiz.

Kartoshkani qolgan qismiga mayonez va tuz solib arlashtiramiz va eng tepasiga solib olamiz.

Endi hamma mazalliqlarini birin ketin tahlab olgadan so´ng ehtiyotkorlik bilan rulet shaklida o´rab berkitib olamiz. Hohishga ko´ra salatni bezatib chiqamiz.

Salatimiz tayyor!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.