Pishiriqlar

Tvarogli pechene

Kerakli masalliqlar:

200 gram saruog´yoki margarin

200 gram tvarog

6 osh qoshiqshakar

1 osh qoshiq vanilin
 
1 choy qoshiq razrihritel
 
keragicha un

shakar upasi

Tog´orachaga saryog´, tvarog, razrihritel va vanilinni solib olamiz. Yahshilab aralashtiramiz. Ustiga oz ozdan un solib hamir qoriymiz.

Tayyorlab olgan hamirimizdan kichkina zuvalachalar yasab olamiz.

Stolga un sepib hamirlarimizni yoyib olamiz. Zuvalachalar o´rtacha qalinlikda bo´lishi kerak. Yoyib olgan hamirimizni teng o´rtasidan buklaymiz.

Buklabgan hamirni yana o´rtasidan buklaymizva uchburchak hosil qilib olamiz.Hamma hamirlarni bir hil shaklda tayyorlab olamiz. Gaz listiga terib220 darajada qizargunga qadar pishirib olamiz.

 

Pechenelar tayyor ustiga shakar upasidan sepib dasturxonga tortamiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.