Pishiriqlar

Sabzili hushtam perog

340 g sabzi (yoki 6 dona)

300 g un

5 g chayni soda , 7 g razrihritel

4 g tuz , 6 g ezilgan karitsa

220 g tuhum

300 g shakar upasi, 260 g o´simlik  yog´

Frosting:

200 g saryog´, 400 g yumshoq sir (cream cheese)

210 g shakar upasi, 12 g vanilin, 1 dona lime´

Hamir uchun ketadigan barcha quruq masalliqlarni elakdan 2-3 marotaba o´tkazib olamiz. Bu hamirni yanada mayin qilishga yordam beradi.

Tuhumni shakar bilan oqarguncha ko´pirtiramiz.

Sabzini qirg´ichdan o´tkazamiz. Hamma masalliqlar tayyor bo´lgandan so´ng kattaroq idishga hammasini solib sekin ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.O´simlik yog´ini solamiz.Tuhum cho´kib qolmasligi kerak.  Pishirish uchun qolini yog´lab olamiz va massamizni quyamiz.

180 darajada 35 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Qolip kattaligi 30 x 22 cm bo´lishi kerak. Man  eniga biroz  kichikroq qolibda pishirdim.Bu o´lchamda qolipim yuqligi uchun.Biskvitimiz judaham mayin , yumshoq bo´lib pishadi. Baland bo´lib ko´tarilib chiqadi.

Endi frostoingi yani ustiga krermini tayyorlaymiz. Bu orada biskvit muzdekkina bo´lib sovushi kerak krem erib ketmasligi uchun.

Qant upasi, vanilin va saryog´ni yahshilab oqarguncha ko´pirtiramiz. Usiga krem cheese solib yana ko´pirtirishda davom etamiz.  Tayyor kremga lime´suvini siqib qo´shib yuboramiz. Bu kremni yanada hushytam  bo´lishiga yordam beradi.

Biskvitni orqa tarafini yuqoriga qilib og´darib olamiz va bir qator krem shurtib chiqamiz. Hohishga qarab qolgan krem bilan bezatib chiqamiz.

Eng ohirida lime´po´stlog´iniqirg´ichdan o´tkazib perog ustiga sepib chiqamiz. Perogimiz tayyor! Judaham mazali egan sari egin keladigan mayin va hushtam oeroglardan bo´ladi. Tayyorlab ko´ring afsus qilmaysiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.