Qulpinoyli cheese cake

Kerakli masalliqlar:

2 dl qayoq

300 gra crem cheese

2 osh qoshiq  shakar upasi

1 dl shakar

1 osh qoshiq jelatin

7 osh qoshiq eritilgan saryog´yoki margarin

300 gram qulpinooy

15 dona yumshoq maydalanadiga pechene

Ishni pechenelarni maydalab olishdan boshlaymiz. Saryog´ni eritib qo´shamiz va yahshilab aralashtiramiz.

20 cm lik qolipga pecheneni solib tekislab chiqamiz va muzlatgichga olib qo´yamiz. Endi kremini tayyorlaymiz. Qulpinoyni pyur qilib ezib olamiz.

Qozonchaga ezilgan qulpinoyni solamiz va 1 dl shakar va 1 osh qoshiq jelatinni solamiz . Qaynashga kelguncha gazda o´rtacha olovda aralashtirib turamiz. Tayyor bo´lgan murabboni sovush uchun bir chetga olib turamiz va alohida idishda qaymoqni 1 osh qoshiq shakar upasi bilan quyuq bo´lghuncha ko´pirtirib olamiz.

Yana boshqa idishda crem cheese yani yumshoq sirni 1 osh qoshiq shakar upasi bilan ko´pirtirib olamiz.

Crem cheese ga sovugan qulpinoyli murabboni solamiz va aralashtiramiz.

Undan so´ng qaymoqni solib ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.  Tayyorlab qo´ygan pechenemiz ustiga kremni quyamiz.

Holodilnikga kami 3 soatga olib qo´yamiz. Bu vaqtda kram qattiq bo´lib qotadi. Agar shoshilinch bo´lsa muzhoonaga 2 soatga qo´ysa ham bo´ladi.  Tayyor bo´lga cheese cakemizni  qulpinoy,malina va myata bilan dasturxonga tortamiz.

Tayyorlab ko´ring! Judaham mayin va hushtam bo´ladi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.