Ishni avval shpenatni maydalab olishdan boshlaymiz. Piyozni mayda to´rtburchak qilib to´g´raymiz.
Skavarodkaga yog´solamiz va piyozni tillarang bo´lguncha qovuramiz. Ustiga shpenat solamiz. Engil aralashtiramiz. Hohishga ko´ra tuz va mayda to´g´ralgan qalampir solamiz.
Hamirimizni paketdan ochib listga pergament qog´oz ustiga qo´yamiz va turgan joyida 8 bo´lakga ajratib olamiz. Bir osh qoshiqdan shpenatli masallig´imizdan solib chiqamiz.
Ikkinchi uchuni yopib yostiqcha holiga keltiramiz va chetlarini vilka bilan bosib berkitamiz. Ustiga tuhum surkaymiz va sedona , kunjut sepib 250 daraja issiqligdagi duhofkada qizarguncha pishirib olamiz.
Peroglarimiz tayyor. Judaham oson va mazali yarim tayyor mahsulot bo´lgani uchun tez va oson tayyor bo´ladi. Shoshib turganda ayni muddao.