Quyuq taomlar

Go´shtli perog

Kerakli masalliqlar:

Hamiriga:

2dl suv, 1dl qaymoq

140 gram saryog´, 1choy qoshiq razrihritel

1 choy qoshiq tuz, 7 dl un

Nachinkasi uchun:

300 gram lahm mol go´shti

1 dl o´simlik yog´i, 3 dona kartoshka

2 dona piyoz, 1 dona tuhum, ozroq ukrop,

sedona ,  kunjut, tuz va ziravorlar

Tog´orachag suv, sut, qaymoq tuz va razrihritelni solib olamiz. Ustiga yumshoq saryog´solamiz. Oz – ozdan un solib aralashtiramiz.

Hamirimizni teng ikkiga bo´lib dam oldirishga qo´yamiz. Hamir tingunga qadar ichiga nachinkasini tayyorlaymiz.

Barcha masalliqlarni bir hil kattalikda to´g´rab olamiz.Tog´orachaga  solib tuz, yog´, murch va ziravorlar qo´shib hammasini aralashtiramiz.

Hamirni yoyib olamiz. Duhofka listiga pergament qog´oz solamiz va hamirni joylashtiramiz.

Hamir ustiga tayyorlab qo´ygan nachinkamizni bir tekisda yoyib chiqamiz. Ustiga ikkinchi hamirni yoyib berkitamiz.  Chekalarini qo´limiz bilan mahkamlab berkitib chiqamiz. Ustiga bir dona tuhum sarig´ini surkaymiz.

Hohishga ko´ra sedona va kunjut bilan bezatib chiqamiz. Duhofkada 225 darajada har ikkala tarafi yahshilab qizarguncha pishirib olamiz.

Perogimiz tayyor. Uzimiz hohlagan kattalikda kesib biron bir engil salat bilan dasturxonga tortamiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.