1 osh qoshiq quruq hamirturush 2 dl iliq sut 1 choy qoshiq tuz 5 dona qaynatilgan kartoshka 7 dl + yoyish uchun un
qovurish uchun yog´
1 dona qizil piyoz
3 osh qoshiq qaymoq yoki smetana
ukrop
tuz va murch
Qaynatilgan kartoshkani qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Hamirturush, tuz solib aralashtiramiz. Un va iliq sutni solib hamir qoriymiz.
HAmirni oshirish uchun olib qo´yamiz. Alohida idishga smetana solib to´g´ralgan piyoz, ukrop, tuz va murch qo´shib aralashtiramiz. Yarim to´g´ralgan piyozni va ozroq ukropdan yasatish uchun olib qo´yamiz.
Oshib chiqgan hamirlarni olmadek kattalikda zuvalachalar qilib olamiz va yana oshirishga qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng 3 cm qalinlikda yoyib olamiz. Hohishga qarab yumaloq yoki uzunchoq yoyish mumkin.
Qozonga ko´proq yog´olib qizdirib olamiz va har ikkala tarafini qizarguncha pishirib olamiz.
Pishib chiqgan langoslarni kattaroq idishga solib olamiz. Ustiga bir osh qoshiqdan qaymoqli sousdan va piyoz, ukropdan sepib dasturxonga tortamiz.
Langos Vengerya taomi bo´lib asosan fast food hisobida tanovvul qilinadi va festevallarda tezpishar taom hisobida tayyorlanadi. Bu taomni issiq va sovuq holida ham beamlol tanovvul qilish mumkin.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati