Go´shtni yupqa qilib kesib olamiz. Kashnichdona, tuz, zira va murch sepib tuzlab olib qo´yamiz. Man bir kun avval tuzlab qo´ygan edim. Go´shtlarni yoyib saryog´ni yupqa qilib terib chiqamiz. har bir bo´lak go ´shtga oz- ozdan qo´yish kerak.
Go´shtlarni har birini mahkamlab rulet qilib o´rab chiqamiz.
Idishmiz tagiga ozroq saryog´dan solib olamiz va ruletlarimizni zichlab terib chiqamiz.
Duhofkada 225 darajada tahminan 40-45 daqiqa pishirib olamiz. Hammani duhofkasini issiqlik kuchi har hil shuning uchun qizarsa tayyor bo´ladi.
Ruletlarimiz tayyor! Hohishga ko´ra guruch yoki kartoshka pyure bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati