Pishiriqlar Chanqoqbosar ichimlik Kerakli masalliqlar: 2 kishilik portsiya uchun:1 stakan oddiy suv1 stakan sprite1 dona lime (zagor)8 dona qulpinoy1 osh qoshiq shaka Qulpinoy va limeni maydalab olamiz. Blendrga 1 stakan suv , 1 cosh qoshiq shakar, lime va qulpinoyni solib yahshilab blendrda maydalab olamiz. Suzgichdan maydalab olgan mahsulotlarimizni o´tkazamiz. Keraksiz narslarini suzib olgandan so´ng chiqindilarini tashlab yuboramiz va tayyor o´tkazilgan suyuqlikni usiga 1 stakan to´la sprite quyamiz. Ichimligimiz tayyor. Judaham mayin va yoqimli engil ta´mli salqin ichimlik bo´ladi. Salqin ichimligimiz tayyor!