keragicha un tahminan 3 stakan qattiqroq hamir bo´lishi kerak.
Ishni avval hamir qorishdan boshlaymiz. Tuhum chaqib usti
dan bir stakan suv quyamiz. Tuz solamiz va yahshilab aralashtriamiz. Unni elakdan o´tkazamiz. Hamir qattiqroq bo´lishi kerak.
Hamir tayyor bo´lgandan keyin tindirishga qo´yamiz. 30 daqiqa tingandan so´ng hamirni yoyishni boshlaymiz.
Yoyilgan hamirni lentalar qilib kesib olamiz.
Endi lentalarni tahminan 3 cm qalinlikda kesib chiqamiz.
Qaynagan suvga 1 osh qoshiq tuz va 1 osh qoshiq o´simlik yog´i solib kesilgan lag´monlarni solib pishirib olamiz. Tahminan 5 daqiqada pishib chiqadi. Pishgan lag´monlarni suzgichga suzib olamiz va sovuq suvda chayqaymiz.
Qaylasin pishirish uchun qozonga yog´solamiz va go´sht solib qizarguncha qovuramiz.
Piyoz solamiz va piyozni ham qizartirib qovurib olamiz. Tomat pastasini solib ustidan ozgina suv quyamiz shunda tomat osonroq aralashadi.
Ko´kat va qolgan mahsulotlarni maydalab to´g´rab olamiz. Tomat qovurilgandan so´ng kartoshka , sabzini solib qovuramiz. Ta´bga ko´ra tuz va murch solamiz.
Maydalangan bulg´or qalampiri, ko´katlar va sarimsoqni ohirida solib engil qovurib olamiz va ustidan 1,5 litr atrofida suv quyamiz.
Qaylamiz tahminan 45 daqiqada pishib tayyor bo´ladi. Pishgan lag´monni idishga solib ustidan qaylasidan quyamiz. Ko´kat sepamiz va dasturxonga tortamiz.
Lentalarni tahminan 3 cm qalinlikda kesib chiqamiz.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati