Quyuq taomlar

Turkcha taom

Kerakli masalliqlar:

5 kishi uchun:

  • 2 dona baqlajon
  • 4 dona bulg´or qalampiri har hil rangidan
  • 3-4 dona pomidor
  • 4 dona sarimsoq bo´lagi
  • 4 dona piyoz
  • tuz
  • murch
  • kashnichdona
  • 50-ml o´simlik yog´i
  • ta´bga ko´ra ko´katlar
  • 1 dona tuhum
  • 3 osh qoshiq non talqoni
  • zira
  • 300 gram qiyma

 

Baqlajonlarni 1 cm qalinlikda qilib kesib olamiz. Qiymaga ta´bga ko´ra tuz, murch, kashnichdona va zira solib olamiz. Hohishingizga qarab ko´p yoki oz solishingiz mumkin. 1 dona tuhum chaqamiz va 3 osh qoshiq non talqoni solamiz. Bir dona piyozni qirg´ichdan o´tkazamiz va qiymaga qo´shib aralashtiramiz.

Tayyor qiymalarni bulg´or qalmpirini ichiga to´ldirib chiqamiz. Faqat 2 donasiga to´lirsak etadi. Baqlajonlarni teng yarmini o´rtasini kesib yumaloqlab chiqamiz. Huddi rasmda ko´ringani kabi bitta butun va bitta teshik baqlajonni ustma ust qilib o´rtasiga qiyma to´ldirib chiqamiz.

Endi bulg´orilarni ham 2,5 cm qalinlikda qilib kesib olamiz. tayyor bo´lgan qiyma to´ldirgan mahsulotlarni bir chetga olib turamiz va qolgan mahsulotlarni tayyorlaymiz.

2 dona bulg´or qalampirni yumaloq halqa qilib kesib olamiz. Pomidor va piyozni ham yumaloq qilib kesib olamiz. Baqlajonni o´rtasidan chiqgan yumaloqchalarni ham hamma mahsulot ustidan tuz va o´simlik yog´i solamiz va aralashtiramiz.

Barcha mahsulotlarni gaz listiga terib olamiz va 250 daraja qizigan duhofkada 20 daqiqa pishirib olamiz. Endi 1 piyola suvga 2 osh qoshiq tomat pastasi tuz va murch solib aralashtiramiz va duhofkadan taomimizni olamiz va ustidan tomatli pastani quyib chiqamiz va duhofkada yana 15 daqiqa 225 darajada pishirib olamiz.

Taomimiz jami 35 daqiqada pishib tayyor bo´ladi.

Pishgandan so´ng hohishga ko´ra ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.