Salatlar

Baqlajon salat

Kerakli masalliqlar:

4-5 kishi uchun:

  • 1dona katta baqlajon (500gr)
  • 2dona tuhum
  • 1 dona katta bulg´or qalampiri
  • 1 dona katta pomidor
  • 2 dona piyoz
  • 1 dona sabzi
  • 150 gram go´sht
  • 2-3 bo´lak sarimsoq
  • ko´katlar
  • 50-70 ml o´simlik yog´i
  • tuz, murch
  • 2 osh qoshiq soya sousi
  • 1 dona katta bodring

Baqlajonni avval o´rtasidan so´ng yana teng o´rtasidan kesib olamiz va eniga  1 cm qalinlikda kesib olamiz. Skavarodkaga o´simlik yog´i solib baqlajonlarni qizartirib olamiz.

Tuhumni alohida idishga solib ozroq tuz bilan aralashtirib  olamiz.

Skavarodkaga solib quymoqlar pishirib olamiz. Go´shtni ingichka bo´laklar qilib to´g´rab olamiz.

Soya sous solib aralashiramiz. Skavarodkaga ozgina 1-2 osh qoshir yog´solib qovurib pishirib olamiz.

Piyoz va sabzi  somoncha qilib to´g´rab olamiz.Bulg´or qalampirini katta to´rtburchak qilib to´g´raymiz.

Skavarodkaga 2-3 osh qoshiq yog´solib avval piyozni qovurib olamiz. Qaatiq qovurish shart emas yumshasa etarli. Ketidan sabzi va bul

g´or qalmpirini solib engil qovurib olamiz. Ta´bga ko´ra tuz va murch sepamiz.

Usidan mayda to´g´ralgan sarimsoq piyozni solib aralashtiramiz. Endi pomidor bodringni somoncha qilib to´g´raymiz.

Tuhumli quymoqlarni ham somoncha qilib to´g´raymiz. Ko´katlarni ham maydalab olamiz. Endi barcha pishgan mahsulotlarni  pomidor va bodring bilan aralashtiramiz.

Tayyor salatni tarelkaga solib ustidan kunjut sepamiz.

Salatimiz tayyor! Tayyor salatni muzlatgichda kami 1-2 soat qo´yib qo´shishimiz kerak. Salatimiz sovuq holatida yanada mazali bo´ladi. Tayyorlab ko´ring afsus qilmaysiz. Ushbu salat bilan bemalol mehmonlarni kutib olishingiz mumkin.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.