Pryanik
Kerakli masalliqlar:
- 200 ml sut
- 350-400 gram un
- 220 gr shakar
- 435 gram o´simlik yog´i hidsiz
- 15gram razrihriyel
- 50 gram kakao
- bir chimdim iste´mol sodasi
- 1 dona tuhum sarig´i
- 2 choy qoshiq koritsa
- bir chimdim tuz
- 1 choy qoshiq kardamon ezilgani
- Glazur uchun 1 dona tuhum oqi
- 100-150 gram shakar upasi
- 1-2 choy qoshiq limon soki
Sutni ilitib olamiz. Alohida idishga 100 gram un razrihritel solib aralashtiramiz.
Unni ustiga sutni oz-ozdan solib bir hil massa bo lguncha aralashtiramiz. Un yahshi aralashishi kerak bir hil bo´lib.
Tuhum sarig´i va o´simlik yog´i solamiz.Kardamon, koritsa, bir chimdim tuz, bir chimdim iste´mol sodasi solib aralashtiramiz.
Qolgan unni oz- ozdan solib aralashtiramiz.Betiga ozroq un sepib hamirni ikki qismga bo´lib yoyib olamiz.
Tahminan 2,5-3 cm qalinlikda yoyib stakan yordamida kesib olamiz. Duhofka listiga pergament qog´oz solib 180 darajada tahminan 10-12 daqiqa pishirib olamiz.
Endi bir dona tuhum oqiga shakar upasi va limon soki solib yahshilab aralashtiramiz. Tahminan 3-4 daqiqada oppoq mayin massa hosil bo´ladi.
Tayyor pishgan pryaniklarni sovigandan so´ng glazurga botirib olamiz.
Glazurlab olgan pryaniklarni pergament qog´ozga terib chiqamiz. Glazuri 15 daqiqada qotib tayyor bo´ladi. Pryaniklar ustiga qattiqroq lekin ichi juda ham yumshoq mayin 1 hafta davomida ham yumshoqligini yuqotmaydi. Tayyorlab ko´ring afsus qilmaysiz!


Baqlajon salat
