Bulg´oridan gazak
Bulg´oridan gazak
- Vaqt:25 min
- Porcia: 5
- Davlat: Rossiya
- bulg'or qalampiri, sabzi, sarimsoq, ukrop
Kerakli masalliqlar:
5 dona qizil uzunchoq bulg´or qalampri
4 dona sabzi
1 dona piyoz
2-3 dona sarimsoq piyoz
ukrop
tuz
50 ml o´simlik yog´i
Bulg´or qalampirini tepa qismini kesib olamiz va ichni tozalaymiz. Qaynagan suvga tuz soliamiz va bulg´orilarni 5 daqiqa solib ozroq yumshaguncha pishirib olamiz. Ko´p qaynatish kerak emas aks holda yorilib ketishi mumkin. Sabzini qirg´ichdan o´tkazamiz. Ukrop, piyoz va sarimsoqni maydalab olamiz.
Qozonga yog´solib qizdirib olamiz piyoz va bulg´orini tepa qismidan chiqga joylarini ham maydalab solib qovuramiz. Tuz sepamiz. Sabzini solib 3-4 daqiqa engil aralashtirib sabzini qovurib olamiz. Ukrop va sarimsoqni ohirida solib gazni o´chiramiz.
TAyyorlab olgan mahsulotlarni ozroq sovusha qo´yamiz. Bulg´orilarni ichini ehtiyotkorlik bilan zich qilib sabzi bilan to´ldirib chiqamiz.
Tayyorlab olgan bulg´orilarni kesib dasturxonga tortmiz.

Nigora

Ko´zada dimlama

Lula kabob
O'hshash taomlar

Lula kabob
11/10/2020
Assorti Dimlama
12/12/2020