Ko´zada dimlama
Ko´zada dimlama
- Vaqt:2 soat
- Porcia: 5-6
- Davlat: Uzbekiston
- kartoshka, makka, mol go´shti
Kerakli masalliqlar:
- 1 kg lahm mol go´shti
- 5 dona kartoshka
- 1 dona katta sabzi
- 1 dona katta piyoz
- 2 dona makka
- 1 dona bulg´or qalampiri
- 1 piyola tomat
- tuz
- ziravorlar
- ukrop
- 4 osh qoshiq o´simlik yog´i
Go´shtni yupqa parrak qilib maydalaymiz. Kartoshka va makkani bir hil qalinlikda bo´laklarga bo´lib chiqamiz. Sabzini va piyozni 3 cm qalinlikda yumaloq qilib kesib olamiz. Bulg´or qalampirini katta katta to´rtburchka qilib maydalaymiz. Tomat pastasiga yog´va tuzni solib aralashtiramiz.
Ko´zamizni tagiga tomat pastasini 2/1 qismini solib olamiz va masalliqlarni birin ketin terib chiqamiz.
Tomat pastasini qolgan qismini solamiz.
Huddi shu yusinda ikkinchi qavatiniqavatini ham terib chiqamiz.
225 daraja issiqlikda duhofkaga ko´zamizni idishini yopib 1,5 soatga pishirishga qo´yamiz.
Taomimz tayyor. Yumshoqqina va mazali taom bo´ladi.

Nigora
Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Previous
Pomidor tuzlama

Newer