Duhofkada tovuq qanotlari
Duhofkada tovuq qanotlari
- Vaqt:1 soat
- Porcia: 10-15
- mayonez, soya sous, tomat pastasi, tovuq qanot
Kerakli masalliqlar:
- 6 kg tovuq qanotlari
- 6 osh qoshiq tomat pastasi
- 6 osh qoshiq mayonez
- 6-8 osh qoshiq soya sousi
- tuz
- kunjut
- bezatish uchun petrushka yaproqlari
- salat barglari
Alohida idishga mayonez va tomat pastasini solib olamiz. Ustidan soya sousi va tuz solamiz. 1-1,5 stakan suv quyib yahshilab aralashtiramiz.
Tayyor sousni tozlab yuvib olgan qanotlarimizga solib 1 soat atrofida olib qo´yamiz. Oradan vaqt o´tgandan so´ng qanotlarni duhofka listiga terib chiqamiz.
225 daraja issiqlikdagi duhofkada ustilari bir hil bo´lib qizarguncha pishiirib olamiz.
Pishgan tovuqlarni listga terib sovutishga qo´yamiz. Sovigandan so´ng kattaroq idishga solib ustidan kunjut sepamiz. Hohishga ko´ra salat barglari va petrushga yaproqlari bilan bezatamiz.
Ushbu taomni bayram dasturxoniga va oila a´zolaringizga tayyorlashingiz mumkin!

Nigora
Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Previous