Parhez taomlar,  Suyuq taomlar,  Taomlar

Qovoq sho´rva

Qovoq sho´rva

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona kartoshka
  • 2 dona sabzi
  • 1 dona piyoz
  • 2 sona sarimsoq
  • 5-6 bo´lak oshqavoq(500 gram)
  • 1.5 litr qaynagan suv
  • 1 dl qaymoq
  • tuz
  •  murch
  • 2 osh qoshiq o´simlik yog´i
  • 1 osh qoshiq tomat pastasi

Oshqavoqni maydalab lattab laklarga bo´lib duhofkadan pishirib olamiz. Kartoshka, sabzi va piyozni hohishga ko´ra maydalab bo´laklarga bo´lib chiqamiz.

Qozonga yog´solib avval piyozni qizartirib olamiz. So´ngra sabzini solib qovuramiz. Orqasidan kartoshka va oshqavoqni solib qovuramiz.

Tomat pastasi va tuz solib qovurishda davom etamiz. Masalliqlar qattiq qovuish kerak emas. Taomimiz parhez taom bo´ lgani sabab engil qovurilsa etarli.

1,5 litr atrofida suv quvib o´rta olovda qaynatib olamiz. Kartoshka va savzi yumshashi bilan ustidan hohishga ko´ra qaymoq quyamiz. Man vegetarisk qaymoq yani soya qaymoq soldim, rasmga olish esdan chiqibdi qaymoqni. Mazasi qaymoqga judaham ushash. Tayyor sho´rvani mixer yordamida pyure holiga keltirib olamiz.

Tayyor sho´rvamizni hohishga ko´ra qamoq va qattiq non bilan dasturxonga tortamiz.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.