Tovuq somsa
Tovuq somsa
- Vaqt:40
- Porcia: 4
- Davlat: Uzbekiston
- piyoz, Tovuq
Kerakli masalliqlar:
- 10 dona tayyor saryog´li varoq hamir
- 1 dona tuhum
- kunjut
- tuz
- zira
- kashnichdona
- murch
- 3 dona piyoz
- 6-7 dona tovuq oyoqchalari
- 3-4 osh qoshiq o´simlik yog´i
Tovuqni suyagidan ajratib maydalab to´g´rab olamiz. Piyozni to´rtburchak qlib to´g´raymiz. Ta´bga ko´ra tuz, zira, murch va kashnichdona sepamiz. Yog´solib hammasini yahshilab aralashtirib olamiz.
Hamir o´rtasiga qiymamizdan solib chiqamiz.
Falga qog´ozini oddiy kabob cho´pga o´rab tayyorlab olamiz va qiyma o´rtasiga sanchib chiqamiz. Somsalarni yahshilab yopib tugib chiqamiz. Huddi rasmda ko´ringani kabi.
Tayyor tugulgan somsalarni ustiga tuhum surkaymiz va kunjutdan ko´pgina seoib chiqamiz.
200-220 daraja issiqlikda qizigan duhofkadan usti yahhsilab qizargunga qadar pishirib olamiz.
Tayyor somsalarni tovoqga terib hohishga ko´ra petrushka yoki boshqa ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.
Taomimiz tayor judaham mazali va mehmon kutish uchun ajoyib dasturxon ko´rki bo´ladi.

Nigora

Mazali va foydali Diet taom

Qovoq sho´rva
O'hshash taomlar

Tuhumli o´rama
15/03/2020
Makaronli zapekanka
10/05/2020