Qozon kabob
Qozon kabob
- Vaqt:Tahminan 1 soat
- Porcia: 8-10
- Davlat: Uzbekiston
- kartoshka, piyoz, qo´y go´shti
Kerakli masalliqlar:
- 3 kg qo´y go´shti
- 2 kg kartoshka
- 3-4 dona piyoz
- tuz
- kashnichdona
- zira
- 300 ml o´simlik yog´i
Eng avval quruq qozonga go´shtlarni terib olamiz. Ustini dimlab 40-45 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Kartoshkalarni archib yuvib olamiz. Piyozni katta katta bo´laklaga bo´lib maydalab olamiz.
Oradan vaqt o´tgandan keyin go´shtni ustini ochamiz va olovni balandroq qilib go´shtni qiziartirib qovuramiz.
Qizarib pishgandan keyin go´shtni qozonda olamiz va qozonga go ´shtdan chiqgan yog´ga va ustiga 300 ml atrofida yog´solib kartoshkalarni qizartirib olami Kartoshkani ham qozondan olib avval go´shtni qaytarib qozonga solamiz ustidan piyozni va qovurilgan kartoshkani solib ustidan tuz zira va kashnichdona sepamiz va past olovda dimlab qo´yamiz.
Tayyor taomni hohishga ko´ra bezatib dasturxonga tortamiz.

Nigora
Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Previous
Pahlava

Newer
O´choq Palov
O'hshash taomlar

McDonald’s wings
11/10/2020
Behi va apelsin murabbo
13/12/2020