O´choq Palov
O´choq Palov
- Vaqt:2 soat
- Porcia: 6-8
- Davlat: Uzbekiston
- go'sht, gurunch, sabzi, yog'
Kerakli masalliqlar:
- 1 kg sabzi
- 1 kg gurunch
- 500-600 gram lahm mol go´shti
- 1 piyola qo´y yog´i
- 1 litr semichka yog´i
- 3-4 dona piyoz
- tuz
- zira
- suv
Qozongga ikkala yog´ni solib qizdirib olamiz va piyozni solib qizarguncha qovuramiz. Qizargandan so´ng go´shtni solib yahshilab qovuramiz.
Sabzini solib ta´bga ko´ra tuz solamiz va yahshilab sabzi ham qovuramiz.
Suv quyib 30 daqiqa atrofida qaynatib pishirib olamiz. Zirs solamiz.
Avvaldan yuvib ivitib olingan gurunchni zirvakga solamiz . Hamma uzini gurunchini suv tortishiga qarab suv quyadi. Gurunch hamma suvni tortib quruq o´lgandan keyin gurunch o´rtasini teshib zira solamiz va ustini yahshilab yopib dimlab qo´yamiz.20 daqiqa dimlaymiz.
O´choqda pishgan oshimiz ham tayyor.

Nigora
Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Previous
Qozon kabob

Newer