Davlatlar,  Quyuq taomlar,  Taomlar

Assorti Dimlama

Assorti Dimlama

Kerakli masalliqlar:

  • 1 kg mol go´shti
  • 250 gram qiyma
  • 1 kg kartoshka
  • 2 dona sabzi
  • 2 dona piyoz
  • 2 dona tuhum
  •  karam
  • 1 stakan tomat pastasi
  • tuz
  • murch
  • ziravorlar
  • ko´katlar
  • 1 dl olivkiy yog´
  • sarimsoq piyoz
  • 1 dona bulg´or qalampiri

´Qozonga go´shtni kattaroq bo´lakga bo´lib terib olamiz. Ustidan tuz va ziravorlar solamiz. Kartoshkani butunicha archib terib olamiz. Ustidan  sabzini parrak qilib solamiz. Tuz va ziravorlar sepamiz.

Kara, bulg´or qalampiri sarimsoq va ko ´katlarni solib ustidan tomat pastasini quyib chiqamiz. Olivkiy yog´ni eng tepasidanquyib chiqamiz. 1 soatga dimlab qo´yamiz.

Qiymani tuz va ziravorlar bilan yahshilab aralashtiramiz va 4 qismga bo´lamiz.  Qaynatib olgan tuhumimizni  2 ga bo´lamiz va tuhumni qiymani o´rtasiga solib , kotletlar yasab olamiz. Yasalgan kotletlarni unga belab olamiz va skavarodkaga qizartirib olamiz.

Pishirib olgan kotletlarni 40 min dan keyin qozonga terib yana 20-30 daqiqa dimlaymiz.

Taomimiz tayyor! Judaham mazali va chiroyli ko´rinishdagi  taom bo´ladi.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.