Salatlar,  Taomlar

Baqlajon ikra

Baqlajon ikra

Kerakli masalliqlar:

  • 3 dona katta baqlajon
  • 1,5 kg pomidor
  • 4 dona piyoz
  • 4 dona zangor bulg´ori( Hohishga ko´ra hohlagan turdagisini ishlatsa bo´ladi)
  • 3 dona katta sabzi
  • 2 dona achiq qalampir(hohishga ko´ra)
  • 5-6 dona sarimsoq piyoz
  • ukrop
  • 1 piyola olivkiy yog´
  • tuz

Barcha mahsulotlarni yuvib olamiz. Baqlajonni 6 qismga bo´lib chiqamiz. Pomidorni butunligicha listga teramiz. Bulg´orilarni ham ikkiga bo´lib terib chiqamiz. Piyozni 4 qismga bo´lamiz. Sabzini parrak – parrak qilib kesib chiqamiz. Qalampirni butunicha qo´yamiz. Ustiga tuz va yog´solamiz- Duhofkada 250 darajada qizarguncha pishirib olamiz.

Pishgandan so´ng pomidorlarni po´stlog´ini olib maydalab chiqamiz. Qolgan mahsulotlarni ham mayda qilib maydalab olamiz. Maydalab bo´lgan mahsulotlarimizni ustiga ukrop va sarimsoqni maydalab qo´shamiz. Tuzini rostlaymiz va yahshilab aralashtiramiz.

Ikramiz tayyor! Judaham mazali ikramiz tayyor. Ushbu ikrani issiq holida ham sovuq holidaham tanovvul qilishingiz mumkin.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.