Behi va apelsin murabbo
Behi va apelsin murabbo
- Vaqt:45-daqiqa
- Porcia: 6-8
- Davlat: Uzbekiston
- apelsin, behi, shakar
Kerakli masalliqlar:
- 3 dona behi
- 4 dl shakar
- 5 dl suv
- 1 dona apelsin
Behini mayda to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Qoznga behini solamiz va ustidan 4 dl shakar solamiz. Hamma uz hohishiga qarab shakarni ko´paytirishi mumkin. Manga shakari kamrog´i maqul bo´lgani sabab shakarni kamroq soldim lekin mazasi judaham yahshi bo ldi.
Shakar va behini ustiga 5 dl suv solamiz. Tahminan 2 piyola suv atrofida bo´ladi. Behini urug´ini tashlab yubormasdan murabboga solamiz. Iloji boricha urug´ni marli yoki biror bir yopiq narsaga solib qaynatish kerak urug´lari tarqab ketmasligi uchun.
Apelsinni po´stlog´ini ajratib olamiz va mayda qilib to´g´raymiz. To´g´ralgan apelsin po´stlog´ini murabboga solib o´rta olovda qaynatamiz.
Tahminan 40-50 dasqiqa qaynab quyulad. Rangi o´zgarib chiqoyli tillarang bo´ladi. Murabbomiz tayyor tayyorlab ko´ring!

Nigora

Baqlajon ikra
