Davlatlar,  Pishiriqlar

Medovik tort

Medovik tort

Kerakli masalliqlar:

  • 5 dona tuhum
  • 2 dl shakar
  • 1 choy qoshiq razrihritel
  • 2 stakan un
  • 200 gram margarin
  • 4 osh qoshiq to´la asal
  • Kremi uchun:
  • 5 dl qaymoq
  • 1 dl shakar

Eng avval tuhum va shakarni mixer yordamida urib oqartirib olamiz. Qozonchaga asalni solamiz va qizarguncha arlashtiramiz.

Qizargan asalga 1 choy qoshiq razrihritel solamiz va ko´pirib chiqishini kutamiz.  Margarinni solib gazni o´chiramiz va qoshiq bilan eriguncha aralashtiramiz. Tuhumli massaga unni elakdan o´tkazib solamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Erigan asalni  hamirga qo´shamiz. Gaz listiga hamirlarni  6 qismga teng bo´lib yumaloq shakilda quyib chiqamiz.

Har bir hamirni qizib turgan gazda 225 daraja issiqlikda 5-7 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Hamirlar tayyor bo´lganini ularni  hamma tarafi bir hilda ko´tarilib tepa qismi qurib qolgandan bilish mumkin. Yoki cho´p yordamida.

Tayyor hamir korjlaimizni yahshilab sovutib olamiz. Hamma korjlarni bir hil qilib chetlarini kesib olamiz va chetidan chiqgan joylarini uvoq qilib yasatish uchun olib qo´yamiz.

Endi qaymoqli krem tayyorlaymiz. Qaymoq va shakarni yahshilab ko´pirtiramiz va sovugan korjlarni navbat bilan surkan terib chiqamiz.

Tayyorlab tahlab olgan tortimizni chetlaiga uvoq sepib hohishga ko´ra shokolad bilan bezatib chiqamiz.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.