O´rama qozon kabob
O´rama qozon kabob
- Vaqt:1 soat
- Porcia: 6 kishi
- Davlat: Uzbekiston
- kartoshka, mol go ´shti, piyoz
Kerakli masalliqlar:
- 1,5 kg lahm mol go´shti
- 300 gram qo´y yog´i
- 2 dona piyoz
- 8 dona kartoshka
- tuz
- zira
- kashnichdona
Go´shtni yupqa parrak qilib kesib olamiz. Go´shtga tuz , zira va kashnichdona sepib tuzlab 15 daqiqa atrofida olib qo´yamiz. Qo´y yog´ini somoncha shaklida kesib olamiz.
Har bir go´sht bo´lagi usiga qo´y yog´idan solib rulet shaklida yahshilab mahkamlab o´rab chiqamiz.
Qozonga avval qo´y yog´ini so´ngra to´g´ralgan piyozni terib chiqamiz. Tepasiga o´rab olgan go´shtlarimizni terib chiqamiz va pastroq olovda dimlab qo´yamiz.
50-60 daqiqada taomimiz tayyor bo´ladi. Suvlikkina seli bilan tayyor bo´lgan o´rama qozon kabobimizni kartoshka pyure va hohlagan sabzavotlar yoki salat bilan dasturxonga tortamiz.
Tayyorlab ko´ring!

Nigora
Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Previous
Shpenat salat

Newer