Quyuq taomlar,  Taomlar

Tovuq filesidan Pizza

Tovuq filesidan Pizza

Kerakli masalliqlar:

  • 50 g hamirturush
  • 5 dl iliq suv
  • tahminan 12 dl un
  • 1 dl olivkiy yoki oddiy salat yog´i
  • 2 choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 700 gram tovuq filesi
  • bulg´or qalampiri hohlagan rangidan.
  • 5-6 osh qoshiq tomat pastasi va tomat pyuresi
  • 300 gram pishloq hohishga qarab ko´p yoki kam
  • 2 osh qoshiq mayonez
  • pomidor qoqi(Hohishga ko´ra  bo´lmasam shart emas)
  • qo´ziqorin
  • 2 osh qoshiq pesto
  • 2 dona pomidor
  • 2 dona piyoz
  • 1 piyola makkajuhori
  • origano

Avval pizzani hamirini tayyorlab olamiz.  Mahsulotlarni birin ketin tog´oramizga solib hamir tayyorlaymiz va 6 qismga bo´lib hamirni oshirishga qo´yamiz.

Qolgan mahsulotlarni ketma ketlikda to´g´rab maydalab olamiz.  Shakli unchalik muhim emas. Hohishga ko´ra maydalab olishimiz mumkin. Oshib chiqgan pizza hamirini yumaloq qilib yoyib olamiz. Gaz listiga pergament qog´oz solib hamirni joylashtiramiz.

Avval tomat pastasi, mayonez , oregano , tuz solib yahshilab aralashtiramiz va pizzani ustiga surkaymiz. Qirilgan pishloq sepamiz. Piyoz, pomidor va qo´ziqorninni ketma ketlikda solib chiqamiz.

Pomidor qoqi va qaynatib pishirilgan tovuq fileni solamiz. Duhofkada 250 daraja issiqlikda 10-12 daqiqa  pishirib olamiz.

Ikkinchi hamirga pesto surkaymiz va qolgan mahsulotlarni navbat bilan hohishga ko´ra solib chiqamiz. Pizzamizni hohlanimizcha mahsulotlarni ishlatishimiz mumkin. Asosiysi pastasi va pishlog´i qolgani uzingizning fantaziyangizga havola.

Tayyor pizzalarni qatiq salat bilan dasturxonga tortamiz.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.