Antiqa somsa
Kerakli masalliqlar:
- 300 -400 gram atrofida qiyma
- 1 dona tuhum
- 5-6 dona piyoz
- zira
- kashnichdona
- tuz
- 10 dona uzunchoq bulg´or qalampiri
- Hamiriga:
- 3 osh qoshiq saryog´
- 1 choy qoshiq tuz
- 1,5 piyola suv
- 1 choy qoshiq razrihritel
- keragicha un
Eng avval hamir qorib olamiz. Hamir dam olgunga qadar qiymalarini tayyorlaymiz. Qiymaga piyozni qirg´ichdan o´tkazib solamiz. Ta´bga ko´ra tuz, zira, kashnichdona va murch solib yahshilab aralashtiramiz.
Bulg´orilarni ikkiga bo´lib ichini tozalaymiz va qiymani ichiga to´ldirib chiqamiz.
Tayyor hamirni yoyib lentalar kesib olamiz.
Tayyor qiyma to´lgan bulg´orilarimizni hamir bilan o´rab chiqamiz. Gaz listiga terib olamiz va tuhum surkab chiqamiz. Hohishga ko´ra kunjut yoki sedona sepamiz. 250 daraja issiqlikda 30 daqiqa pishirib olamiz.
Hammani gazi har hil issiqlikda bo´ladi. Hamma uzini gazini isiqligiga qarab 225 darajada ham pishirish mumkin. Mani gazim issig´i pastog´ bo´lgani sabab baland darajada pishiraman doim. Shuni inobatga olinglar.
Antiqa somsalarimiz tayyor! Ko rinishi va mazasi judaham ajoyib!

Nigora

Qaymoqli sousda file

Cinnabon bulochkalari
O'hshash taomlar

Ratatouille
08/05/2020
Tovuq, gurunch va kartoshkadan taom
03/06/2018