Qaymoqli sousda file
Qaymoqli sousda file
- Vaqt:35-40 min
- Porcia: 4
- gul karam, tovuq file, yashil karam
Kerakli masalliqlar:
- t150 gram qo´qiqorin
- 1 dona piyoz
- 500 gram tovuq filesi
- 1 dona qizil bulg´or qalampiri
- 1 dona kichikroq gulkaram
- 150-200 gram qaymoq
- yashil karam
- 1 dona sabzi
- 4 dona rediska
- tuz
- curry
- murch
- qizil paprika
- 1 dona pomidor
- 2 piyola gurunch
Text
Fileni kattaroq bo´laklarga bo´lib olamiz. Piyozni va bulg´orini mayda to´rtburchak shaklida maydalaymiz. Qo´ziqorinni va gulkaramni bo´laklarga bo´lib olamiz. Qizib turgan quruq qozonga tovuqni solib qovuramiz. Yahshilab qovurib olishimiz kerak. Ozroq rang olishi bilan ketidan piyozni solamiz va piyoz yumshagunga qadar qovuramiz. Qo´ziqorin va bulg´orini solib engil qovurib olamiz. Ta´bga ko´ra tuz va qolgan ziravorlarni solamiz.
Eng ohiri gulkaramni solib aralashtiramiz va qaymoq quyib olovni pastlaymiz.Tahminan 10-45 daqiqa pishib tayyor bo´ladi.
Endi yashil karomdan salat tayyorlaymiz. Ushbu karamimiz vitaminlarga boy bo´lib organizm uchun foydalai hisoblanadi. Karamni bo´laklarga bo´lib olamiz. Rediskani yupqa qilib to´g´raymiz. Sabzini qirg´ichdan o´tkazamiz. Pomidor yupqa qilib solib yuboramiz. Salatimiz tayyor! Tuz va yog´shart emas. Gurunchni qaynatib pishirib olamiz.
Tayyor bo´lgan taomizni avval gurunchini so´ngra sousini solib salat bilan dasturxonga tortamiz. Taomimiz judaham mazali va engil taom bo´ladi.

Nigora

Sabzi salat

Antiqa somsa
O'hshash taomlar

Osh/Palov
07/06/2018
Tovuq, gurunch va kartoshkadan taom
03/06/2018