Salatlar,  Taomlar,  Vegetarian

Sabzi salat

Sabzi salat

Kerakli masalliqlar:

  • 1 kg sabzi
  • 2 dona baqlajon
  • 1 dona qizil bulg´or qalampir
  • kashnich
  • ukrop
  • 3-4 dona sarimsoq piyoz
  • tuz
  • 4-5 osh qoshiq salat yog´i
  • 1 osh qoshiq uzum sirkasi yoki hohlagan sirka ishlatsangiz bo´ladi.

Eng avval baqlajonlarni suvga solib 20 daqiqa o´rta olovda pishirib olamiz.  Baqlajonlarni katta yoki kichikligiga qarab ozroq yoki kamroq qaynatiladi. Sabzini qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Bulg´or qalampirini ingichka  somoncha qilib to´g´raymiz. Sarimsoq va ko´katlarni maydalab olamiz.

Sabziga tuz va uzum sirkasini  solib aralashtirami. O´simlik yog´ini gazda qizdirib olamiz . Sabziga sarimsoq va ko´katlarni solamiz . Ustidan qizigan yog´ni quyamiz va yahshilab aralashtiramiz. Pishgan baqlajonlarni kattaroq kubik shaklida maydalaymiz.

Barcha mahsulotlarni yahshilab aralashtiramiz. Salatimiz tayyor! Judaham chiroyli va mazali salatlardan biri  bo´ladi.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.