Davlatlar,  Pishiriqlar

Cinnabon bulochkalari

Cinnabon bulochkalari

Kerakli masalliqlar:

  • Hamiri uchun:
  • 30 g hamirturush
  • 200 g sut
  • 450 g un
  • 55 g tuhum [1 dona]
  • 3 g tuz [0,5 choy qoshiq]
  • 5 g ezilgan kardamon[1 osh qoshiq]
  • 100 g sariyog´yoki margarin
  • 45 g shakar[0,5 dl]
  • 40 g qora shakar [0,5 dl]
  • Ichiga surkash uchun:
  • 120 g qora shakar[1,5 dl]
  • 16 g ezilgan karitsa [3 msk]
  • 150 g sariyog´uy haroratida
  • 1 dona tuhum ustiga surkash uchun
  • Frosting uchun:

    • 60 g sariyog´ uy haroratida
    • 130 g shakar upasi [1,75 dl]
    • 150 g yumshoq pishloq yani cream cheese
    • 5 g vanilin shakari [0,5 msk]
    • 16 g maydalangn karitsa [3 msk]

Eng avval idishga 1 dona tuhum tuz, hamirturush kardamon va qora shakar va oq shakarni solib olamiz. Ustidan ilitilgan sutni quyamiz. Saryog´ni ham ozroq yumshatib solamiz .

Oz ozdan un solib hamir qoriymiz va oshirishga olib qo´yamiz.

Bu orada ichiga surkash uchun masalliqlarni aralashtirib olamiz.

Saryog´, shakar va karitsani yahshilab aralashtiramiz. Oradan 1 soatdan oshiq vaqt o´tgandan so´ng hamirni yoyib saryog´lig massani surkaymiz va rulet shaklida o´rab qo´yamiz. Duhofka listiga pergament qog´oz solib o´ralgan ruletni 15-16 qismga bo´lib terib olamiz. Va yan 1 soat davomida oshirib olamiz.

Yahshsilab oshib chiqgan bulochkalarimiz ustiga tuhum surkab 225 daraja issiqlikdagi duhofkada qizarguncha pishirib olamiz. Tahminan 20-25 daqiqada pishib tayyor bo´ladi.

Endi ustiga surkash uchun frosting tayyorlaymiz. Buining uchun yumshoq 60 gram saryog´,shakar upasi, vanilin va cream cheese ni yahshilab aralashtiramiz va ozroq sovugan bulochkalar usitiga surkab chiqamiz.

Bulochkalarimiz tayyor! Judaham mazali yumshoqqina bo´ladi.

Tayyorlab ko´ring afsus qilmaysiz.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.