Pishiriqlar Olmali pichene Olmali pichene Vaqt:25 daqiqa Porcia: 10 dona karitsa, olma, shakar upasi Kerakli masalliqlar: 10 dona saryog´lik hamir4 dona olma3 osh qoshiq shakarshakar upasi1 osh qoshiq saryog´1 osh qoshiq karitsa Olmalarni archib mayda qilib to´g´rab olamiz. Skavarodkada 1 osh qoshiq saryog´ga olmalarni va shakarni solib qovuramiz. Karitsa solamiz va yana ozroq engil qovurib olamiz va sovutishga olib qo´yamiz. Tayyor hamirlarni yoyib ustiga 1 osh qoshiqdan olmali masalliqni solib uchburchak qilib yopib chiqamiz. Chetlarini vilka yordamida mahkamlab chiqamiz.225 daraja issiqlikda qizarguncha pishirib olamiz. Pishgandan so´ng shakar upasi sepamiz. Hohishga ko´ra shokolad bilan bezatib chiqamiz. Nigora Share on telegram Share on odnoklassniki Share on whatsapp Share on facebook