Vegetarian

Haloumi pasta

Haloumi pasta

Kerakli masalliqlar:

  • 300 gram makaron
  • 200 gram haloumi
  • 1 dona katta piyoz
  • 1 osh qoshiq pesto
  • 3 osh qoshiq o´simlik yog´i
  • tuz
  • 4 dl qaymoq

Haloumini kattaroq bo´laklarga bo´lib olamiz. Piyozni mayda to´rtburchak qilib to´g´raymiz. Skavarodkaga ozgina yog´ solib piyozni yillaran qilib qovurib olamiz. Haloumini ham solib qovurib olamiz.

Piyozlarini skavarodkadan terib olishimiz kerak chunki haloumi qizargunga qadar kuyib ketishi mumkin.

Makaronni tuzli suvda qaynatib pishirib olamiz.

Haloumini ustiga qovrilgan piyozni qaytarib solamiz. Ta´bga ko´ra tuz solamiz. Qaymoqni quyib 1 osh qoshiq pesto solishimiz kerak. Past olovda 5 daqiqa qaynatamiz va pishgan makaronnni suvdan olib sousga qo´shamiz. Yahshilab aralashtiriamiz.

Tayyor bo´lgan makaronni tarelkalrga solib rayhon bargi bilan bezatib  dasturxonga tortamiz.

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.