oshxona.net
  • Suyuq taomlar

    Borsh

    Kerakli masalliqlar: 0,5 kg mol go´shti, 1 dona tovuq oyog´i, katta karamni yarimtasi 2 dona piyoz, 3 dona qizilcha, 2 dona sabzi, 3 dona kartoshka, 4 dona sarimsoq piyoz bo´lagi, 2 osh qoshiq tomat pastasi, murch, tuz, 3 osh qoshiq o´simlik yogí, Karamni yupqa qilib to´g´rab olamiz. Sabzi, qizilchani qirg´ichdan chiqarib olamiz. Kartoshkani har birini 4 qismga bo´lib olamiz. Piyozni maydalab to´graymiz. Avval qozonga to´ldirib suv quyamiz va go´shtni va tovuqni solamiz. Betridagi ko´pigini olib tozalb olamiz. Bir soat o´tgandan so´ng karamni solib qaynatamiz. Orqasidan kartoshkani solamiz. Piyozni alohida skavarodkada 3 osh qoshiq yog´ bilan qizarguncha qovuramiz. Orqasidan sabzi solib…

  • Suyuq taomlar

    Ko´cha osh

    Kerakli masalliqlar: 100-150 gram lahm mol go´shti, 2 ta kartoshka, 1 ta  sabzi dona, 1 ta  bulg´or qalampiri, 1 ta  pomidor, 2 osh qoshiq tomat sousi, 1 ta piyoz, 2-3 dona sarimsoq piyoz,  1,5 piyola juvori ,  2,5 litr suv, 50 ml o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi. Baracha masalliqlarni to´rt burchak shaklida maydalab to´g´rab olamiz. Eng avval qozonga yog´ni solamiz va ozroq qizdirib olamiz. Undan so´ng go´shtni solib qizargunga qadar qovuramiz. Undan so´ng piyozni solib qizarguncha qovuramiz. Piyoz qizargandan keyin pomidorni va sarimsoqni maydalab solib yahshilab qovuramiz. Tomat sousiga ta´bga ko´ra ozroq ko´kat solsak ham bol´ladi. Tomat sousini ham…

  • Suyuq taomlar

    Turk sho´rvasi

    Kerakli masalliqlar: 1 piyola chechevetsa 0,5 piyola gurunch 1 dona piyoz ukrop, tuz, suv kerak bo´ladi. 1,5  litr suvga chechevetsani soliborqasidan gurunchni solib ezilub pishgunga qadar qaynatamiz. Ppiyozni ozroq o´simlik yog´ida qizartirib qovuramiz. Qizargan piyozni aqynab turgan sho´rvamizga olib yan 5 daqiqa qaynatib olamiz. Sho´rvamiz tayyor. Tabga ko´ra qaymoq yoki qatiq solishingiz mumkin. Ustiga ukrop sepib  dasturxonga tortamiz.

  • Suyuq taomlar

    Sho´rva

      Kerakli masalliqlar: 1 kg qo´y go´shti, 3 don kartoshka 2 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg´or qalampiri, sarimsoq piyoz , 1 dona pomidor, ukrop, tuz va ziravorlar kerak bo´ladi. Go´shtni 1 soat avval tuz va ziravorlar sepib marinofka qilib qo´yamiz.  Qozonga sovuq suv quyib go´shtni solamiz va pastroq olovda qaynatishga qo´yamiz. Qattiq qaynab ketmasligi kerak. Qolgan sabzavotlarimizni archib yuvib olamiz. Kartoshkani o´rtacha kattalikda bo´lib olamiz. Sabzini 1 enlik qilib kesamiz. Qolgan masalliqlarni ham maydalab tayyorlab qo´yamiz. Sho´rvamiz 1 soat qaynagandan so´ng  tuz,  ziravorlar, pomidorni, sabzi, bulg´or qalampiri sarimsoq va piyozni solib yana 1 soat qaynatamiz. Kartoshkani solib…

  • Suyuq taomlar

    Manpar

    Kerakli masalliqlar: Qaylasi uchun:  200 gram lahm mol go´shti, 4-5 dona kartoshka,  2 dona sabzi, 1 dona bulg´or qalampiri, 2-3 dona piyoz, kashnich, petrushka , sarimsoq piyoz, tuz, 2 dona pomidor va ziravorlar kerak bo´ladi. Hamir uchun: 2 dona tuhum, 200 ml suv, 2 choq qoshiq tuz, 500 grm un. 2 dona tuhum va hohishga qarab ko´katlar ovqatimzni betiga bezash uchun kerak bo´ladi. Ishni eng avval hamir qorib olishdan boshlaymiz. Bitta idishga unimizni elab solamiz va o´rtasiga tuhum chaqamiz. Alohida idishga suv va tuzni aralashtirib olamiz va oz ozdan quyib hamir qilamiz. Hamirni tindirish uchun olib qo´yamiz. Barcha mahsulotlarimizni  bir…

  • Suyuq taomlar

    Chechevitsadan crem soup

    Kerakli masalliqlar:     1 piyola chechivitsa, 2 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 2-3 dona sarimsoq piyoz, ozgina petrushka, 2 choy qoshiq tomat pastasi, 1 choy qoshiq paprika, 1 choy qoshiq oregano, ozroq murch, tuz, 1 dona lavr yaprog´i, kashnichdona, 1 litrdandanoshiqroq suv, 1 choy qoshiq zanjabil kerak bo´ladi.       Kartoshkani va piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Sabzini qirg´ichdan chiqaramiz, zanjabilni, petrushka va sarimsoqni maydalab to´g´rab olamiz. 2 osh qoshiq o´simlik yog´ini kastrulkamizga solamiz va piyozni qizargunga qadar qovuramiz. Sabzini solib 3-4 daqiqa qovuramiz. Orqasidan kartoshka va petrushkani solib yana ozroq qovuramiz. Yahshilab qovurib olganimzdan…

  • Suyuq taomlar

    Tuppa

    Kerakli masalliqlar:   2 dona sabzi, 2 dona kartoshka, 1 dona bulg´or qalampiri, 1 dona piyoz, 2 osh qoshiq tomat, 2-3 dona sarimsoq piyoz, 50 ml o´simlik yo´i , 200 gram lahm mol go´shti, tuz  va avvaldan qiriqib qurutib olingan tuppa kerkak bo´ladi. ( tuppani 1 dona tuhumga suv va tuz  solib hamir qorilgan. Yoyib qurutib so´ng mayda to´rtburchak qilib kesib kun avval qattiq qurutib oliganman)     Barcha masalliqlarimizni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Qozonga avval yog´ni solib qizdirib olamiz . Eng avval go´shtni qattiq qizartirib qovuramiz so´ng piyozni solib uniham qizargunga qadar qovuramiz. Tomatni solib uniham yahshilab qovuramiz. Tahminan…

  • Suyuq taomlar

    Makaron suyuq

    Kerakli masalliqlar:   150 gr mol go´shti, 1 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, yarimta bulg´or qalampiri,  2 dona chesnok, 1 qoshiq tomat pastasi, ozgina ko´kat,  tuz , 3 litr suv, 350 gram makaron , 50 ml yog´ kerak  bo´ladi.  Go´shtni a qolgan barcha masalliqlarni to´rtburchak qilib tog´rab tayyorlab olamiz. Qozonga yog´ni solib qizdirib olamiz. Eng aval go´shtni qizarguncha qovuramiz. Undan so´ng piyozni qizartirib olamiz. Qolgan barcha masalliqlarni solib yahshilab qovuramiz. Tuz  sepib ustidan suv quyamiz.1 soat davomida qaynatamiz. Undan s´ng makaron solib 12-15 daqiqa qaynatamiz. Tamomimiz tayyor hohishga ko´ra ko´katlar qatiq va murch bilan dasturxonga tortamiz.

  • Suyuq taomlar

    Uzbek milliy taomlaridan Mastava

    Kerakli masalliqlar: 3 litr suv , 1,5 piyol yumaloq gurunch, 2 dona kartoshka, 1 dona sabzi, yarimta bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, 2-3 dona sarimsoq piyoz,1 qoshiq tomat pastasi, 2 dona piyoz, 250-300 gram suyakli qo´y go´shti, tuz, yog´, rayhon va ukrop kerak bo´ladi. Barcha masalliqlarimizni to´rtburchak qilib to´g´rab tayyorlab olamz va ishni go´sht qovurishdan boshlaymiz. Avval qozonga tahminan 50ml yog´quyib qizdirib olamiz va go´shtimizni yahshilab qizartirib qovuramiz. Orqasidan piyozni qizarguncha qovuramiz. Piyoznimiz qizargandan so´ng orqasidan pomidor , bulg´or qalampirini  tomat pastasi va ko´katlarni solib qovuramiz. Kartoshka va sabzini solib ularni ham birga yahshilab qovuramiz. Qovurilgandan so´ng suv quyib qaynatamiz.…

  • Suyuq taomlar

    Spring rolls / Thailancha taom.

    Kerakli masalliqlar:   200 gram qaynatilgan tovuq go´shti, 1 dona sabzi, 1 dona bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, karam, kashnich, pentuziya vermesheli, gurunch qog´ozi, 1 dona bodring, tuz va sova sousi kerak bo´ladi. Pentuziyani qaynoq suvga botirib pishirib olamiz. Qolgan barcha masalliqlarimizni somoncha qilib to´g´rabolamiz. Tovuq go´shtimizni avval qaynatib so´ng sariyog´yoki oddiy yog´bilan ziravorlar bilan qovurib olinadi. Gurunch qog´ozimizni qaynagan suvni chuqurroq tarelkaga quyib har birini botirib olamiz. Botirilganda yumshab elastik holga keladi. Sochiqni issiq suvga botirib olamiz va gurunch qog´ozlarimizni yoyib chiqamiz. Judaham yopishqoq va cho´ziluvchan bo´ladi ehtiyot bo´lish kerak. Har birini ustiga birinma ketin sabzavotlarni solib ozginadan tabga…

  • Suyuq taomlar

    Tovuq go´shtidan Qaynatma ugra

    Kerakli masalliqlar:   400 gram tovuq go´shti, 2 dona kartoshka 1 dona piyoz, yarimta qizil bulg´or qalmpiri, yarimta qizil sabzi, ukrop, avvaldan kesib qurutilgan ugra va tuz kerak bo´ladi. Tovuq go´shtini o´rtacha kattalikda maydalab  sovuq suvga solib pastroq olovda qaynatamiz. 30 min qaynagandan so´ng piyozni solamiz. Sabzini somoncha qilib to´g´rab olamiz. Tuz va ukropni solib orqasidan qolgan masalliqlarni birin ketin tayyorlab olamiz.  Kartoshkani ikkiga bo´lamiz. Bulg´or qalampirini ham somonch qilib to´g´rab hammasini qaynab turgan sho´rvaga solamiz. Masalliqlar pishgandan so´ng ugrani solib pishirib olamiz. Engilgina va mazali sho´rvamiz ham tayyor.

  • Suyuq taomlar

    Lagmon

    Kerakli masalliqlar:   1 karopka barilla lagmoni, 250 gram lahm mol go´shti,  1 dona pomidor, 1 dona qizil bulg´or qalampiri, 2 dona piyoz, 2 dona sabzi, 4 dona kartoshka, rayhon, petrushka, ukrop, 50 ml yog´, tuz kerak bo´ladi. Go´shtni kattaroq qilib to´g´rab olamiz. Kartoshkani 6 ga bo´lamiz, sabzni yumaloq qilib maydalaymiz. Bulg´or qalampirini katta to´rt burchak qilib olamiz. Piyozni ham olti qismga bo´lib katta katta qilib bo ´lamiz. Pomidorni po´stini archib maydalaymiz. Ko´katlarni hammasini maydalab to´g´raymiz. Eng avval qozonga yog´ni solib go´shtni yahshilab qovuramiz. Go´sht yahshi qovurilgandan so´ng piyozni solib qizartirib olamiz. Undan so´ng pomidorni solib ezilguncha yahshilab qovuramiz. Kartoshka…

  • Suyuq taomlar

    Teftel vs Do´lma

    Kerakli masalliqlar.   400 gram qiyma, 8 dona kartoshka 1 dona sabzi, 3 dona piyoz, 1 dona pomidor, 2 osh qoshiq gurunch, 1 osh qoshiq tomat pastasi, ko´katlar , tuz ,  5 dona bulg´or qalampiri,  2 dona pomidor qoqi, 1 dona tuhum va o´simlik yog´i kerak bo´ladi. 2 dona piyoz, yarimta pomidor, 1 dona pomidor qoqini va ziravorlarni qiymaga aralashtirib olamiz. Qozonga yog´ni solib qizdirib olamiz. Piyozni maydalab to´g´rab qizarguncha qovuramiz. Orqasidan kartoshkani butunicha solamiz. Sabzini o´rtacha qalinlikda maydalaymiz. Pomidor yarmini solib qovuramiz. Pomidor qoqini ham solib hammasini qovuramiz. Ko´katni maydalab solamiz. Bulgór qalampirini ham solib 10 daqiqa qovuriladi. 2,5…

  • Suyuq taomlar

    Cho´zma lagmon

    Kerakli masalliqlar: 300 gram lahm mol go´shti, 2 dona sabzi, 4 dona kartoshka, 1dona piyoz, 1 dona pomidor, 1 dona bulgór qalampiri, 4 dona sarimsoq piyoz, 50 ml yog´,  tuz, tabga qarab ziravorlar va ko´katlar kerak bo´ladi. Hamiri uchun: 1 stakan suv, 1 dona tuhum, 1 choy qoshiq tuz , 500 gr un kerak bo´ladi. Go´shtni o´rtacha kattalikda maydalab olamiz. Kartoshkamizni har birini 6 ga bo´lamiz. Katta kichkiligiga qarab albatta. Kichikroq bo´lsa 4 qismga bo´lamiz. Sabzini ham maydalab olamiz . piyozni qalinroq qilib to´g´raymiz. Bulgór qalampiri, sarimsoq piyoz va pomidor , ko´katlarni ham to´grab olamiz. Eng avvalqozonga yog´ni solib qizdiramiz…

  • Suyuq taomlar

    Qo’ziqorin sho’rva

    Kerakli masalliqlar: 400 grama qo’ziqorin, 1 dona piyoz, 1 osh qoshiq yog’, tuz, 1 stakan suv, 1 osh qoshiq un va 1 piyola qaymoq kerak bo’ladi. 1 osh qoshiq yog’da 1 dona piyozni mayda to’rtburchak qilib to’g’rab tillarang qilib qovurib olamiz. Undan so’ng maydalab to’g’ralgan qo’ziqorinlarimizni solib qovuramiz. Yahshilab qovurib olgandan so’ng suvni va qaymoqni quyamiz . Orqasidan 1 qoshiq unimizni solib aralashtirib yuboramiz.  Sho’rvamizni mixer yordamida e’zib pyure holatiga keltiramiz va 15-20 daqiqa past olovda qaynatamiz.  Tayyor bo’lgan sh’rvamizni kosalarga quyib tabga qarab ozgina qaymoq va ko’kat bilan bezatamiz. Sho’rva oldiga  ko’katli va dengiz tuzi sepilgan tayoqchalik non bilan…

  • Suyuq taomlar

    Tovuq go’shtidan sho’rva

    Kerakli masalliqlar: 1kg tovuq go’shti, 10 dona mayda kartoshkalar, 2 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz,  1 dona pomidor, tuz va zira kerak bo’ladi. Kastrulkamizga sovuq suvni solamiz va tovuq go’shtimizni suvimizga solib o’rtacha olovda qaynatishga qo’yamiz. Hushyor bo’lish kerak qattiq qaynab ketmasin, chunki suvi hiralashib qolishi mumkin. Go’shtimiz qaynagunga qadar qolgan masalliqlarimizni archib tozalab to’g’rab olamiz. Kartoshkani butunicha qoldiramiz. Sabzini 2-3 cm qalainlikda kesamiz. Bulg’or qalampirini katta to’rtburchak qilib olamiz, piyozni mayda parrak qilib to’g’raymiz. Pomidorni po’stlog’ini archib  to’rtga bo’lib olamiz. Suv qaynab chiqqandan so’ng ko’piklarini hammasini olib tashlaymiz. Vaqti vaqti bilan…

  • Suyuq taomlar

    Teftel

    Kerakli masalliqlar: 6 dona kartoshka, 2 dona sabzi, 2 dona piyoz, 1 dona bulg’or qalampiri, 1 dona pomidor, petrushka, 3 osh qoshiq gurunch, 250 gram qiyma, tuz, 50 ml o’simlik yog’i va ziravorlar kerak bo’ladi. Qiymamizga bir dona piyozni qirg’ichdan chiqarib qo’shamiz. Gurunch va ziravorlarni qo’shib yahshilab aralashtiramiz. Barcha masalliqlarimizni archib tozalab va yuvib bo’lgandan so’ng hammasini to’g’rab tayyorlab olamiz . Eng avval qozonga nazar solamiz, keyin o’simlik yog’ini s quyib piyozimizni qovurib olamiz. Undan so’ng ko’katni, sarimsoq piyoz, pomidorni va bulg’or qalampirni solib yahshilab qovurib olamiz. Yahshilab qovurgandan so’ng kartoshka va sabzini solib qovuramiz. Tuz va ziravorlarni solib yana…

  • Suyuq taomlar

    Ugra

    Kerakli masalliqlar: 2 dona o’rtacha kattalikda kartoshka, 1 dona sabszi, 2 dona piyoz, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 1 dona tuhum, un, tuz, ziravorlar, qovurish uchin bir bo’lak go’sht, 150 gram qiyma, 2 osh qoshiq tomat, 50 ml o’simlik yog’i va ko’katlar kerak bo’ladi. Ishni hamir qilishdan boshlaymiz. Bir dona tuhumni chaqib ustiga tahminan yarim stakan suvni yarim osh qoshiq tuz bilan aralashtirib olamiz va unimizni solib o’rtacha qattiqlikda hamir qoramiz. Hamirimiz tingandan so’ng yoyib qurutishga qo’yamiz. Qozonimizni qizdirib o’simlik yog’imizni quyib go’shtimizni qovurib olamiz. Undan so’ng piyozimizni qizarguncha qovuramiz.  Tomat,sarimsoq piyoz va ko’katimizni maydalab olamiz va…

  • Suyuq taomlar

    Qovurma

    Kerakli masalliqlar: 5-6 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona pomidor, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona chesnok, 100 ml o’simlik yog’i, 500 gram qo’y go’shti, tuz, zira va kashnichdona kerak bo’ladi Hamma zabzavotlarimizni oldin archib yuvib olamiz. Keyin sabzini maydalab kesamiz. Kartoshkamizni ham katta bo’laklarga bo’lamiz, piyozniham katta-katta qilib maydalaymiz. Bulg’or qalampirimizni va pomidorimizni ham  kattaroq qilib maydalab olamiz. Go’shtimizni katta- katta bo’laklarga bo’lamiz. Eng avval qozonga nazar solamiz va keyin o’simlik yog’imizni, yog’imiz qizigandan so’ng go’shtimizni solib yahshilab qovuramiz. Qovurib bo’lgandan so’ng piyozni solamiz va uniham tillarang bo’lguncha qovuramiuz. Piyoz qizargandan keyin qolgan masalliqlarimizni solib…

  • Suyuq taomlar

    Moshxo’rda

    Kerakli masalliqlar: 1 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 bo’lak mol go’shti, 1 osh qoshiq tomat pastasi, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 1 cho’mich o’simlik yog’i, tuz, ziravorlar, 1piyola mosh, 3 osh qoshiq gurunch va ko’kat kerak bo’ladi. Eng avval qozonga o’simlik yog’ini solamiz va ozgina qizdirib olamiz. Undan so’ng maydalab to’g’rab olgan mol go’shtimizni qovuramiz. Yahshilab qizartirib qovurganimizdan so’ng piyozni solib uniham yahshilab qovurib olamiz Keyin avvaldan to’grab olagan sabzi, kartoshka, bulg’or qalampiri va sarimsoq piyozlarni hammasini solib yahshilab qovuramiz. Undan so’ng tomat pastasini solib qovurishda davom etamiz. Tuz va hohishga qarab hohlagan…