Manpar

Kerakli masalliqlar:

Qaylasi uchun:  200 gram lahm mol go´shti, 4-5 dona kartoshka,  2 dona sabzi, 1 dona bulg´or qalampiri, 2-3 dona piyoz, kashnich, petrushka , sarimsoq piyoz, tuz, 2 dona pomidor va ziravorlar kerak bo´ladi.

Hamir uchun: 2 dona tuhum, 200 ml suv, 2 choq qoshiq tuz, 500 grm un.

2 dona tuhum va hohishga qarab ko´katlar ovqatimzni betiga bezash uchun kerak bo´ladi.

Ishni eng avval hamir qorib olishdan boshlaymiz. Bitta idishga unimizni elab solamiz va o´rtasiga tuhum chaqamiz. Alohida idishga suv va tuzni aralashtirib olamiz va oz ozdan quyib hamir qilamiz. Hamirni tindirish uchun olib qo´yamiz.

Barcha mahsulotlarimizni  bir hil kattalikda to´g´rab olamiz. Keyin  qozonga 1 dl o´simlik yog´i solamiz va go´shtni yahshilab qizargunga qadar qovuramiz.

Undan keyin piozni tillarang bo´lgunga qadar qovuramiz va pomidor solamiz.Ozroq qovurilgandan keyin sabzi,bulg´or qalampiri va sarimsoqni solib yana yahshilab qovuramiz.

Yahshilab qovurganimizdan so´ng suv quyib 30 daqiqa qaynatamiz. Undan so´ng kartoshkamizni solib yana 30 daqiqa qaylamizni  qaynatib pishirib olamiz.

Pishishidan 5 daqiqa avval lavr yaproq solib qaynatamiz va olib qo´yamiz. Endi tuhumimizni yahshilab elab olib quymoq qilib pishirib olamiz.

Dam  olgan hamirni yoyamiz va qurutish uchun yoyib qo´yamiz. . Undan so´ng hamirimizni hajmini 1cm kvadrat qilib kesamiz.

Qaynagan suvga tuz va o´simlik yog´ solib hamirimizni pishirib olamiz. Hamirlarni suvdan suzib olib alohida kosalarga avval hamirni keyin qaylani quyamiz. Manparni tuhum quymog´ini ugra qilib kesib,  ko´katlar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.